Toshkent shahar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasida “Texnik tartibga solish” milliy axborot tizimiga ulanish tartibi bo‘yicha amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
👩💼 Seminarda davomida:
✅ Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiyadan o‘tkazish;
✅ Mahsulotlarni davlat ro‘yxatiga olish;
✅ Muvofiqlik sertifikati va deklaratsiyalarni rasmiylashtirish jarayonlari
faqat “Texnik tartibga solish” milliy axborot tizimi orqali amalga oshirilishi ta’kidlandi.
🔍 Shuningdek, mahsulotlarning muvofiqligini baholash jarayonlari uchun belgilangan vaqt me’yorlariga rioya etilishi “xavfni tahlil qilish” tizimi orqali nazorat qilinishi qayd etildi.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati