Antiseptik tanlashda e’tibor berish kerak bo'lgan ko'rsatgichlar:
• ta’sir doirasi (viruslarga, bakteriyalarga va zamburug‘larga qarshi);
• spirt miqdori;
• davlat ro‘yxatidan o‘tganligi;
• qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma.
Antiseptik turlari:
• Spirtli — etil, propil yoki izopropil spirt asosida;
• Suvli — xlorgeksidin, to‘rtlamchi ammoniy birikmalari va boshqa moddalar asosida.
• 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun suv asosidagi antiseptiklar tavsiya etiladi.
Chiqarilish shakllari: gel, sprey, salfetka.
To‘g‘ri qo‘llash qoidalari:
• yetarli miqdorda surtish;
• faqat toza va quruq qo‘llarga qo‘llash;
• turli vositalarni aralashtirmaslik;
• kremdan keyin darhol surtmaslik.
Spirtli antiseptiklardan tez-tez foydalanganda namlovchi komponentlari bor vositalarni tanlash tavsiya etiladi.
Qaraqalpaqstan Respublikası Sanitariya epidemiologiyalıq tınıshlıq hám jámiyet salamatlıǵı basqarması Málimleme xızmeti