Yangiliklar

2026-03-11

Temir tanqisligini faqat ovqat bilan tо‘ldirsa bо‘ladimi?

topics-img

Sog‘lom odam uchun temirning kunlik ehtiyoj miqdori:

Ayollar (19–50 yosh) – kamida 18 mg.
Homilador ayollar – kamida 27 mg.
О‘smirlar (14–18 yosh): 
qizlar – 15 mg,
о‘g‘il bolalar – 11 mg.
Kattalar va keksa yoshdagi insonlar – 8 mg.

🔬Temir nima uchun muhim?
Temir gemoglobin tarkibiga kiradi — bu modda qon hujayralariga kislorodni bog‘lab, uni tо‘qimalarga olib borish va ortiqcha uglerod gazini chiqarib tashlash vazifasini bajaradi.
 Agar temir yetishmasa, hujayralar “tо‘liq nafas ololmaydi”.

🥩 Temirni qayerdan olamiz?
Gо‘sht, jigar — organizm 15–35% gacha о‘zlashtiradi.
О‘simlik manbasidan (don mahsulotlari) — faqat 2–20%.
 Bu yerda C vitamini ishtirok etsa, sо‘rilish yaxshilanadi.

 Temirga boy mahsulotlar va qanchada sо‘rilishi:
 Quyon  jigari (100g): 10–15 mg → sо‘rilishi: 3–5 mg.
 Gо‘sht (govyajya pechen) (100g): 5–9 mg → sо‘rilishi: 1–2,5 mg.
Qobirg‘a (govyadina) (100g): 3–4 mg → sо‘rilishi: 0,6–1,2 mg.
 Grechka qaynatilgan holda (100g): 0,8–1 mg → sо‘rilishi: 0,04–0,1 mg.
 Chechevitsa-Marjumak (100g): 12 mg → sо‘rilishi: 0,24–2,4 mg.
 Loviya (100g): 6 mg → sо‘rilishi: 0,12–1,2 mg.
 Kunjut (100g): 16 mg → sо‘rilishi: 0,32–3,2 mg.
 Bir vaqtning о‘zida 100 gramm kunjut yeyish oson ish emas.            Kedroviy yong‘oq (100g): 5,5 mg → sо‘rilishi: 0,11–1,1 mg.

🍎 «Olmada kо‘p temir bor» degan afsona
Aslida 100 g olmada faqat 0,12 mg. temir bor, sо‘rilishi esa 0,1–0,2 mg.
👉 Ya’ni 5 mg. temir olish uchun 25 ta olma yeb qо‘yish kerak!
🔴 Anor ham xuddi shunday: 
150 g. anorda 0,2–0,3 mg. temir bor.
Ya’ni, bu mevalar foydali, lekin temir manbai sifatida samarasiz.

📉 Hatto temirga boy mahsulotlarni doimiy ravishda iste’mol qilganda ham, sо‘rilish darajasi pastligi sabab kunlik ehtiyojni tо‘ldirish oson emas.

 Shunday ekan, oziq-ovqat yordamida temirni ushlab turish mumkin, ammo yetishmovchilikni faqat ovqat bilan bartaraf etish – juda qiyin. Shu sababli ba’zi hollarda qо‘shimcha temir preparatlari kerak bо‘ladi — bu haqiqat.