Taxtako‘pir tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi mutaxassislari tomonidan "Taxtako‘pir dehqon bozori"da aholiga sotilayotgan poliz mahsulotlari tarkibidagi nitrat qoldig‘i laboratoriya usulida tekshirildi. Tekshiruv yakunida mahsulotlarda nitrat miqdori me’yordan ortiq aniqlanmadi.