Yangiliklar

2026-05-20

Taxtako‘pir tumanida tibbiyot muassasasida sanitariya nazorati o‘tkazildi

topics-img

Taxtako‘pir tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi mutaxassislari tomonidan “Tibbiyot birlashmasi”ga qarashli 37-sonli oilaviy poliklinikada tasdiqlangan reja-grafik asosida nazorat ishlari olib borildi.

Nazorat davomida muassasadagi davolash xonalari, tibbiy asbob-uskunalar, sterilizatsiya jarayonlari, sanitariya-gigiyena holati hamda dezinfeksiya tadbirlarining amaldagi me’yoriy talablar asosida olib borilishi o‘rganildi.

Shuningdek, bakteriologik laboratoriya tekshiruvlari uchun surtma namunalari olinib, mutaxassislar tomonidan tegishli tavsiya va tushuntirish ishlari olib borildi.