Yangiliklar

2026-07-08

Taxtako‘pir tumanida moskit chivinlari ustidan entomologik monitoring ishlari davom etmoqda

topics-img

Taxtako‘pir tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi mutaxassislari tomonidan leyshmanioz kasalligi tashuvchisi hisoblangan moskit chivinlari ustidan entomologik monitoring ishlari muntazam olib borilmoqda.

Monitoring davomida maxsus tuzoqlar (lovushkalar) yordamida moskit chivinlari tutib olinib, laboratoriya sharoitida ularning turlari hamda kasallik tarqatish ko‘rsatkichlari o‘rganilmoqda.

Mazkur tadbirlar hududda epidemiologik vaziyatni doimiy nazorat qilish, leyshmanioz kasalligining oldini olish va aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlashga xizmat qiladi.