Yangiliklar

2026-07-08

Taxtako‘pir tumanida maktabgacha ta’lim muassasasida sanitariya talablari nazorat qilindi

topics-img

Taxtako‘pir tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi mutaxassislari tomonidan “Dawqara” OFY hududida joylashgan 13-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida reja asosida sanitariya qoidalari va me’yorlariga rioya etilishi yuzasidan nazorat tadbiri o‘tkazildi.

Tekshiruv davomida bolalar pedikulyoz kasalligini erta aniqlash maqsadida ko‘rikdan o‘tkazildi, gelmintoz kasalligini aniqlash uchun namunalar olinib, tarbiyachilar hamda xodimlarga profilaktik tavsiyalar berildi.

Shuningdek, muassasada laboratoriya-instrumental tekshiruvlar ham amalga oshirilib, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.