Yangiliklar

2026-08-12

"Tasjap" qishlog‘ida odamlar va hayvonlar orasida o‘ta xavfli kuydirgi kasalligi tarqalishining oldini olish maqsadida maxsus taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

topics-img

Boshqarmamizning Amudaryo tumani bo‘limi va bir qator hamkor tashkilotlar hamkorligida tumandagi "Tasjap" qishlog‘ida fuqarolar va hayvonlar orasida o‘ta xavfli kuydirgi kasalligi tarqalishining oldini olish maqsadida ko‘rgazmali maxsus taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

Tadbir ikki bosqichda o‘tkazilib, dastlab kasallik klinikasi va unga qarshi operativ choralar bo‘yicha nazariy seminar bo‘lib o‘tdi.

Shundan so‘ng, kasallik o‘chog‘ida epidemiologik so‘rov, dezinfeksiya va nobud bo‘lgan qoramollarni zararsizlantirish bo‘yicha amaliy harakatlar sinovdan o‘tkazildi.


Manba: Rasmlar Amunews.uz kanalidan olindi