Boshqarmamizning Taxiatosh tumani bo‘limi mutaxassislari tomonidan aholi salomatligini saqlash yo‘nalishida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, hafta boshidan buyon:
⚡️Hududdagi "Nurli kelajak" MFY hududida dala qum sichqonlariga qarshi deratizatsiya tadbirlari amalga oshirildi;
⚡️1-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida pedikulyoz kasalligiga qarshi nazorat va profilaktik tushuntirish ishlari amalga oshirildi;
⚡️"Mahallabay" tizimi asosida "Shamchiroq mahallasida" bahor mavsumida uchrashi mumkin bo‘lgan yuqumli va yuqumli bo‘lmagan kasalliklar, ulardan saqlanish bo‘yicha uyma-uy kirib, tushunchalar va tavsiyalar berib o‘tdi.
Kanalga a’zo bo’lish: @qqsess