O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 14 noyabrdagi "Tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PF-184-sonli Farmoni bilan "Yo‘l xaritasi" tasdiqlangan.
Ushbu Farmon talablariga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi vakili va boshqarmamiz bilan hamkorlikda Nukus va unga tutash hududlarda umumiy ovqatlanish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan tadbirkorlik subyektlari rahbarlari ishtirokida Nukus shahri "Yoshlar markazi"da suhbat shaklida seminar o‘tkazildi.
Seminar davomida soha mutaxassislari tomonidan tadbirkorlarga umumiy ovqatlanish korxonalariga qo‘yiladigan sanitariya-gigiyena talablari va obyektlarda o‘tkaziladigan tekshiruvlar bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha savollariga javoblar olindi.
Kanalga obuna bo‘lish: @qqses