2025-yil 23-iyun kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kegeyli va Chimboy tumanlarida tadbirkorlar bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha maxsus vakil, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi vakillari ishtirok etdi.
Tadbirkorlarning faoliyatida uchrayotgan muammolar tinglandi, huquqiy va amaliy maslahatlar berildi.
Bunday uchrashuvlar hududlarda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash maqsadida muntazam davom ettiriladi.
Kanalga obuna bo'lish: @qqses