Boshqarmamizda sut va sut mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar bilan oflayn va onlayn tarzda uchrashuv o‘tkazildi.
Tadbir davomida O‘zbekistonda amaldagi sanitariya me’yorlari va talablari muhokama qilinib, ishtirokchilarni qiziqtirgan dolzarb masalalar yuzasidan suhbat o‘tkazildi.
Bunday uchrashuvlar oziq-ovqat mahsulotlari sifati va xavfsizligini oshirish, nazorat qiluvchi organlar va ishlab chiqaruvchilar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.
Kanalga obuna bo‘lish: @qqses