Yangiliklar

2026-03-31

⚡️STRIDES loyihasi doirasida Qoraqalpog‘istonda treninglar boshlandi

topics-img

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi AQSH elchixonasining qo‘llab-quvvatlashi bilan “STRIDES” loyihasini amalga oshirmoqda. Loyiha maqsadi — global sog‘liqni saqlash xavfsizligini kuchaytirish va yuqumli kasalliklarni aniqlash tizimlarini mustahkamlashdir.

🔬Loyiha doirasida  Qoraqalpog‘iston Respublikasi хususan Xo‘jayli va Chimboy tumanlaridagi laboratoriyalarda xodimlarning salohiyati baholandi va malakasini oshirish yo‘nalishlari belgilandi.

📆Treninglar 10-martdan 30-martgacha (1-guruh) va 31-martdan 16-aprelgacha (2-guruh) davom etadi.

🏨Nazariy mashg‘ulotlar Nukus shahridagi “Jipek Joli” mehmonxonasi, amaliy mashg‘ulotlar esa Xo‘jayli tumanidagi laboratoriyalarda o‘tkaziladi.

Sohamiz  mutaxassislari yangi bilim va tajribalarini oshirish orqali hududda sog‘liqni saqlash tizimini yanada mustahkamlashga hissa qo‘shmoqda.

⚡️ Sanepidqo'mita Axborot xizmati

📱Telegram| (https://t.me/sanepidcommittee)📱Instagram| (https://instagram.com/sanepid__uz)📱Facebook| (https://fb.me/@sanepidxizmat)📱YouTube| (https://www.youtube.com/channel/UC4sCgbkdEFtYOQSK-dvOOEQ)📱Veb-sayt (https://gov.uz/oz/sanepid) | 🌐Emlash veb-sayt (https://emlash.sanepid.uz/uz/index.html)

 

videoni ko'rish uchun:

https://qoraqalpoq.sanepid.uz/uploads/topics/17752022715386.mp4