O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi AQSH elchixonasining qo‘llab-quvvatlashi bilan “STRIDES” loyihasini amalga oshirmoqda. Loyiha maqsadi — global sog‘liqni saqlash xavfsizligini kuchaytirish va yuqumli kasalliklarni aniqlash tizimlarini mustahkamlashdir.
💉Loyiha doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi hususan Xo‘jayli va Chimboy tumanlaridagi laboratoriyalarda xodimlarning salohiyati baholandi va malakasini oshirish yo‘nalishlari belgilandi.
📅 Treninglar 10-martdan 30-martgacha (1-guruh) va 31-martdan 16-aprelgacha (2-guruh) davom etadi.
🏨 Nazariy mashg‘ulotlar Nukus shahridagi “Jipek Joli” mehmonxonasi, amaliy mashg‘ulotlar esa Xo‘jayli tumanidagi laboratoriyalarda o‘tkaziladi.
Sohamiz mutaxassislari yangi bilim va tajribalarini oshirish orqali hududda sog‘liqni saqlash tizimini yanada mustahkamlashga hissa qo‘shmoqda.