Chimboy tumani hokimligida Chimboy tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi boshlig‘i oziq-ovqat mahsulotlari eksporti bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar bilan GSP+ tizimi doirasida mahalliy mahsulotlarni ishlab chiqarayotgan lekin eksport qilmayotgan tadbirkorlar bilan uchrashuv tashkil etilib, Yevropa bozorlariga eksportini amalga oshirishda uchrashi mumkin bo‘lgan muammolari, fikr-mulohazalari tinglanib, ularni o‘z vakolati doirasida hal etish hamda tegishli tashkilotlarga masalasini yetkazishda amaliy yordamlar berildi.
GSP+ (Generalized Scheme of Preferences Plus) - Yevropa Ittifoqi (YI) tomonidan rivojlanayotgan mamlakatlarga beriladigan maxsus savdo preferensiyalari rejimi. Ushbu davlatlar inson huquqlari, mehnat, atrof-muhit va samarali boshqaruv sohasidagi qator xalqaro konvensiyalarga rioya qilgan taqdirda, YIga eksport qilinadigan tovarlarga bojxona bojlarini kamaytirish yoki bekor qilishni nazarda tutadi.
Kanalga obuna bo'lish: @qqses