Kasb kasalliklari ko‘pincha asta-sekin rivojlanadi va vaqtida e’tibor berilmasa, sog‘liq uchun jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Shuning uchun ish jarayonida xavfsizlik va gigiyena masalalariga e’tibor qaratish tobora dolzarb bo‘lib bormoqda.
Ish joyining sharoitlari, havoning sifati, shovqin darajasi, zararli omillar yoki ortiqcha yuklama xodimlarning umumiy holatiga tasir ko‘rsatishi mumkin. Shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish, rejalashtirilgan tibbiy ko‘riklardan o‘tish, tozalik va tartibga rioya qilish esa salomatlikni saqlashga yordam beradigan omillardan sanaladi.
Xodimlar o‘rtasida muntazam o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilishi, xavf omillari haqida yetarli ma’lumotga ega bo‘lishi mehnat jarayonida o‘zini yanada ishonchli his qilishga xizmat qiladi.
Kasb kasalliklarining oldini olish — nafaqat mehnat xavfsizligining bir qismi, balki sog‘lom jamoa va barqaror ishlab chiqarish jarayonining muhim omili sifatida e’tirof etilmoqda.
Kanalga obuna bo’lish: @qqses