Sifatli tibbiy xizmat — sanitariya talablariga qat’iy rioya etishdan boshlanadi
Qonliko‘l tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi mutaxassislari tomonidan tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli 18-oilaviy poliklinikada navbatdagi rejali nazorat tadbirlari o‘tkazildi.
Nazorat jarayonida muassasada sanitariya qoidalari va me’yorlariga rioya etilishi laboratoriya hamda instrumental usullar orqali baholandi.
Shuningdek, oshqozon-ichak tizimi kasalliklarining oldini olish, shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilish va sanitariya madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha targ‘ibot-tushuntirish ishlari olib borildi.