Barchaga ma’lum, bir necha kundan buyon Respublikamiz bo‘ylab sifati va yaroqliligi kafolatlanmagan muzqaymoqlar savdosining oldini olish maqsadida reyd tadbirlari o‘tkazilayotganligi haqida xabar bergan edik.
Kuni kecha xuddi shunday tadbirlar Kegeyli tumanida davom etdi. Unda noqonuniy joylarda sotilayotgan, 16,8 kg "Andijon muzqaymoq"lari aniqlandi va tegishli tartibda tekshirildi.
Natijada mahsulot yaroqsiz ekanligi aniqlanib, tegishli tartibda yo‘q qilindi. Shuningdek, sotuvchilarga nisbatan choralar ko‘rildi.
❗️Eslatib o‘tamiz, reyd barcha hududlarda davom etmoqda!
Kanalga a’zo bo‘lish: @qqses