Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi Nukus shahar bo‘limi mutaxassislari faoliyati orqali sifati kafolatlanmagan oziq-ovqat mahsulotlari yo‘q qilindi. Bu choralar amalga oshirilmasa fuqarolarimiz salomatligiga xavf tug‘dirar edi. O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya talablari va me’yorlariga rioya qilgan holda oziq-ovqat savdosi bilan shug‘ullanish mumkin.
Fuqarolarimizga eslatib qo‘ygan bo‘lar edik:
- Maxsus idishlarsiz, improvizatsiya qilingan, boshqa mahsulot qutilariga solib sotuvga qo‘yilgan mahsulotlarni sotib olmaslik;
- Harorat rejimini qo‘pol tarzda buzuvchi ochiq havoda savdo bilan shug‘ullanuvchi savdogarlardan mahsulot sotib olmaslik.
Oziq-ovqat mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanuvchi fuqarolarimizdan iltimos qilib qolamiz:
- Maxsus sanitariya talablariga rioya qilgan holda savdo-sotiq bilan shug‘ullanish, bunda ko‘rsatmalarga amal qilinsa kifoya;
- Iste’molchilarga taklif qilayotgan mahsulotlaringizni tayyorlashda ehtiyotkorona yondashish, oldindan o‘zining yuqumli kasalligi yo‘qligiga amin bo‘lish (tibbiy ko‘rikdan o‘tib turish kifoya).
Yuqoridagi ko‘rsatmalarga amal qilishni tavsiya etamiz!
Kanalga obuna bo‘lish: @qqses