Yangiliklar

2026-06-23

Sifati buzilgan 20 kg poliz mahsulotlari savdodan chetlashtirildi

topics-img

Qo‘ng‘irot tumani sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi mutaxassislari tomonidan ovqatdan zaharlanish holatlarining oldini olish maqsadida T. Aybergenov ko‘chasi bo‘ylab navbatdagi nazorat-o‘rganish ishlari olib borildi.

🔹 O‘rganishlar davomida sifati buzilgan jami 20 kg poliz va sabzavot mahsulotlari aniqlandi. Jumladan:
— 15 kg olma
— 3 kg bulg‘or qalampiri
— 2 kg pomidor

Aniqlangan mahsulotlar savdodan chetlashtirilib, amaldagi tartib asosida tegishli choralar ko‘rildi.

🔹 Sanitariya talablariga rioya etish hamda iste’molchilarga sifatli va xavfsiz mahsulot yetkazib berish borasidagi nazorat tadbirlari davom etmoqda.