Yangiliklar

2026-02-27

Shumanaydagi savdo nuqtasida yaroqlilik muddati o‘tgan mahsulotlar sotilayotganligi aniqlandi

topics-img

Sanepid qo‘mitasi Shumanay tumani bo‘limi mutaxassislari tomonidan hududdagi oziq-ovqat mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanuvchi korxonada xabardor qilish tartibida tekshiruv o‘tkazildi.

Tadbir davomida sotuvda turgan ta’m beruvchi qo‘shimchalar (perepravalar), shuningdek, bolalar uchun mo‘ljallangan chips mahsulotlarining yaroqlilik muddatlari o‘tganligi aniqlanib, tegishli tartibda yo‘q qilindi.

Ichak tayoqchasi va mikroiqlim omillariga laboratoriya usulida sinamalar olindi.

Uchragan kamchiliklar bo‘yicha tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirildi.