Yangiliklar

2026-07-24

Shumanayda 30 kg tarvuz va qovun mahsulotlari tarkibida nitrat miqdori yuqori bo‘lganligi sababli savdodan chetlashtirildi

topics-img

Shumanay tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi mutaxassislari tomonidan fuqarolar orasida o‘tkir ichak va ovqatdan zaharlanish holatlarining oldini olish maqsadida hududdagi dehqonlar yetishtirayotgan qovun va tarvuz mahsulotlari tarkibi nitratga tekshirildi. Mahsulotlar sanitariya-gigiyena va veterinariya ekspertiza laboratoriyasida tekshirilganda 30 kg mahsulotlarda nitrat miqdori yuqori ekanligi aniqlandi va tegishli tartibda savdodan chetlashtirildi.