Sanepid qo‘mita Shumanay tumani bo‘limi mutaxassislari tomonidan hududda leyshmanioz kasalligining oldini olish maqsadida 2-bosqich dezinfeksiya va deratizatsiya tadbirlari olib borilmoqda. Aniqroq to’xtalsa, navbattagi mana shunday tadbirlardan biri “Ketenler” OFYda o’tkazildi.
Tadbir davomida kasallikni tarqatuvchi chivinlar hamda kemiruvchilarga qarshi maxsus ishlov berish ishlari amalga oshirilmoqda. Shuningdek, aholi o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borilib, leyshmanioz kasalligining oldini olish choralari bo‘yicha tavsiyalar berildi hamda eslatma materiallari tarqatildi.
✅ Aholi salomatligini muhofaza qilish va yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar davom ettirilmoqda.