Yangiliklar

2026-08-10

Shumanay tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi

topics-img

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi — Fuqaro muhofazasi boshlig‘ining buyrug‘iga asosan, Shumanay tumanida “Otyara kasalligining tabiiy o‘choqlardan tarqalishining oldini olishda Favqulodda vaziyatlarda davlat quyi tizimi (FVDqT) xizmatlarining birgalikdagi harakatlari” mavzusida maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

O‘quv mashg‘ulotining asosiy maqsadi — favqulodda vaziyatlarning oldini olish, otyara kasalligining tabiiy o‘choqlardan tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik hamda tegishli xizmatlarning bunday vaziyatlarda o‘zaro hamkorlikda harakat qilish ko‘nikmalarini mustahkamlashdan iborat.

Mashg‘ulot davomida shartli vaziyat yuzasidan davlat quyi tizimi xizmatlarining harakatlari amaliy tarzda namoyish etildi. Jumladan, vaziyatni baholash, tezkor choralar ko‘rish, tegishli xizmatlarni jalb etish va kasallik tarqalishining oldini olish bo‘yicha zarur tadbirlar amalga oshirildi.

Shuningdek, favqulodda vaziyat yuzaga kelganda xizmatlar o‘rtasida tezkor axborot almashinuvi, hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar mustahkamlandi.












Fotorasmlar Qoraqalpog'iston Respublikasi Favqulodta Vaziyatlar boshqarmasi postidan olindi