➕Shakar ko‘pincha alohida mahsulot sifatida emas, balki turli taomlarga qo‘shimcha sifatida qo‘llaniladi. Kimyoviy jihatdan shakar uglerod, vodorod va kisloroddan iborat. Bugungi kunda shakar deyarli har bir inson kundalik iste’molida uchraydi.
➕Choy, qahva, shirinliklar, gazli ichimliklar va tayyor mahsulotlar tarkibidagi ortiqcha shakar sog‘liq uchun katta xavf tug‘dirishi mumkin. Qisqa muddatda energiya bergandek bo‘lsa-da, uzoq muddatda shakar inson organizmiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
➕Ko‘pchiligimiz shirin ichimliklar, qandolat mahsulotlari, muzqaymoqlarni sevib iste’mol qilamiz. JSST 1 kunlik shakar iste’molini 25-50 gramm deb belgilagan, biz iste’mol qilayotgan shakar miqdori esa me’yordan 10 barobargacha oshib ketmoqda.