Yangiliklar

2026-05-18

Sanitariya nazorati o‘tkazildi

topics-img

Qonliko‘l tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi mutaxassislari tomonidan tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 1-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida rejali nazorat ishlari olib borildi.

Nazorat davomida muassasaning sanitariya qoidalari va gigiyena talablariga rioya etilishi, oshxona va oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash holati, xonalar tozaligi hamda dezinfeksiya ishlari ko‘zdan kechirildi.

Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berilib, sanitariya-gigiyena talablariga qat’iy amal qilish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.