Yangiliklar

2026-08-12

Sanepid tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish: profilaktika va mas’uliyat kuchaytirilmoqda

topics-img

Bugun Qoraqalpog'iston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasida sanitariya-epidemiologiya tizimida korrupsiyaning oldini olish, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni kamaytirish va xodimlarning mas’uliyatini oshirishga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi hamda uning hududiy bo'limlari  xodimlari ishtirok etdi. Yig‘ilishga boshqarma boshlig‘i B. Qutlimuratov rahbarlik qildi.

Tadbir davomida korrupsiyaga oid xavf-xatarlar, manfaatlar to‘qnashuvi, xizmat vakolatlarini suiiste’mol qilish va boshqa korrupsiyaviy holatlarning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi muhokama qilindi.

Shuningdek, sanitariya-epidemiologik xulosalarni rasmiylashtirish, nazorat tadbirlarini o‘tkazish hamda tadbirkorlik subyektlari bilan ishlash jarayonlarida qonuniylik, xolislik va shaffoflikni ta’minlash zarurligi ta’kidlandi.

Yig‘ilishda korrupsiyaviy holatlarning oldini olish, xodimlarning huquqiy ongi va shaxsiy mas’uliyatini oshirish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik hamda xizmat vazifalarini halol va vijdonan bajarish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.