Yangiliklar

2026-05-13

"Samanbay"da deratizatsiya tadbirlari amalga oshirildi

topics-img

Sanepidqo‘mita Nukus tumani bo‘limi mutaxassislari tomonidan Samanboy ovul fuqarolar yig‘inining Qumayqus mahallasi atrofidagi qumli hududlarda leyshmanioz kasalligining oldini olish maqsadida deratizatsiya ishlari amalga oshirildi. Tadbir davomida kasallik tarqalishiga sabab bo‘luvchi katta dala kemiruvchilarini yo‘q qilish choralari ko‘rildi.

Ma'lumot uchun, deratizatsiya — yuqumli kasallik qo‘zg‘atuvchilarini tashuvchi kemiruvchilarni yo‘q qilish hamda ularning sonini kamaytirishga qaratilgan sanitariya-profilaktika tadbirdir

⚠️ Unutmang, kasalliklarning oldini olishda sanitariya va profilaktika tadbirlariga rioya qilish muhim ahamiyat kasb etadi.