Restoran oshxonasida sanitariya talablari qanday bo‘lishi kerak?
Taomning mazali tayyorlanishi bilan bir qatorda, uning sanitariya-gigiyena talablariga muvofiq tayyorlanishi ham iste’molchilar salomatligini himoya qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu sababli umumiy ovqatlanish korxonalarida quyidagi talablarga qat’iy rioya etilishi lozim:
🔹 xodimlar maxsus toza ish kiyimi, bosh kiyimi va zarur hollarda qo‘lqopda ishlashi;
🔹 ish boshlashdan oldin va har safar zarurat tug‘ilganda qo‘llarni sovun bilan yaxshilab yuvishi;
🔹 xom va tayyor mahsulotlar alohida saqlanishi hamda tayyorlanishi;
🔹 go‘sht, baliq, sabzavot va tayyor taomlar uchun alohida pichoq va taxtachalardan foydalanilishi;
🔹 mahsulotlar belgilangan haroratda saqlanishi va yaroqlilik muddatiga qat’iy amal qilinishi;
🔹 oshxona jihozlari, idish-tovoqlar va ish yuzalari muntazam yuvilib, dezinfeksiya qilinishi;
🔹 chiqindilar yopiq idishlarda saqlanishi va o‘z vaqtida olib chiqilishi;
🔹 hasharotlar va kemiruvchilarga qarshi profilaktik choralar muntazam amalga oshirilishi;
🔹 xodimlar belgilangan tartibda majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tgan bo‘lishi.