Yangiliklar

2025-11-07

Respublikamizning barcha hududlarida sanitariya-targ‘ibot ishlari va kasalliklarning oldini olish bo‘yicha keng ko‘lamli chora-tadbirlar olib borilmoqda.

topics-img

Respublikamizning barcha hududlarida sanitariya-targ‘ibot ishlari va kasalliklarning oldini olish bo‘yicha keng ko‘lamli chora-tadbirlar olib borilmoqda. Aholi orasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, bolalarni to‘g‘ri va sog‘lom ovqatlantirish, shuningdek, yuqumli kasalliklarning oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Bu yo‘nalishda muntazam ravishda tekshiruvlar, o‘rganishlar va amaliy seminarlar tashkil etilib, tibbiyot xodimlarining bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsad qilingan. Ayniqsa mavsumiy gripp va O‘RVI kasalliklari profilaktikasi bo‘yicha treninglar o‘tkazilib, aholiga o‘z vaqtida murojaat qilish, o‘zini-o‘zi davolashdan saqlanish va gigiena qoidalariga rioya etishning ahamiyati tushuntirilmoqda.

Ushbu ishlar respublika bo‘yicha sog‘lom muhitni ta’minlash va aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Kanalga obuna bo‘lish: @qqses