📈 Har yili kuz-qish mavsumida o‘tkir respirator virusli infeksiyalari (O‘RVI) bilan kasallanish holatlari ko‘payadi. Ular viruslar, bakteriyalar, ba’zan esa zamburug‘lar orqali yuzaga kelishi mumkin. Asosan, O‘RVI virusli xususiyatga ega.
🔍 Yuqish yo‘llari:
📌Havo-tomchi orqali — yo‘talganda, aksirganda yoki suhbat chog‘ida;
📌Maishiy yo‘l bilan — umumiy idishlar yoki maishiy buyumlardan foydalanganda.
❗️Asoratlari: Pnevmoniya, otit, sinusit va meningit.
💉Himoyalanishning eng samarali usuli — vaksinatsiya. U aholining katta qismida immun himoyasini shakllantiradi.
🗓Qachon emlanish kerak?
Har yili kasallanish mavsumi boshlanishidan oldin — sentyabr-oktyabr oylarida, chunki gripp virusi tez-tez o‘zgaradi.
🧼Respirator kasalliklarning oldini olish uchun tavsiyalar:
➡️Kasal alomatlari bor odamlar bilan muloqotdan saqlaning;
➡️Qo‘llarni tez-tez va to‘g‘ri tarzda sovun bilan yuving;
➡️Telefon va boshqa buyumlarni antiseptik vositalar bilan tozalang;
➡️Qo‘llar iflos bo‘lganda yuzingizga tegmang;
➡️Har kuni nam tozalash va xonani shamollatib turing;
➡️ Ko‘proq sof havoda bo‘ling.
🍒 Shuningdek, sog‘lom turmush tarzini saqlang: yetarli uxlang, jismoniy faol bo‘ling, to‘g‘ri ovqatlaning va C vitaminiga boy mahsulotlarni iste’mol qiling.
🏠 Agar oilada kasal kishi bo‘lsa — uning aloqasini cheklang, alohida idish va so‘rg‘ich bering, xonasini shamollating va har kuni nam tozalash ishlarini olib boring.
⚡️ Sanepidqo'mita Axborot xizmati