Yangiliklar

2025-10-17

Quturish - xavfli kasallik!

topics-img

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi Taxtako‘pir tumani bo‘limi tomonidan maktab o‘quvchilari uchun "Quturish - xavfli kasallik" mavzusida profilaktik seminar tashkil etildi.

Uchrashuv davomida o‘quvchilarga quturish kasalligining yuqish yo‘llari, oldini olish choralari va hayvonlar tishlaganda o‘zini tutish qoidalari haqida ma’lumot berildi.

✅ Bunday mashg‘ulotlar, ayniqsa, bolalar uchun muhim, chunki ular hayvonlar bilan ko‘proq aloqada bo‘ladi va xavfli vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilishni bilmaydi. Oddiy qoidalarni bilish kasallikning oldini olishga, hayot va sog‘liqni saqlab qolishga yordam beradi.

Kanalga obuna bo‘lish: @qqses