Yangiliklar

2026-05-20

“Qurbon hayiti” bayrami oldidan sanitariya nazorati kuchaytirilmoqda

topics-img

“Qurbon hayiti” bayramini munosib nishonlash hamda bayram tadbirlarini yuqori saviyada tashkil etish davrida aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlash maqsadida Qorao‘zak tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi mutaxassislari tomonidan tuman hududidagi masjidlarda monitoring ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida masjidlarning ichki va tashqi hududlaridagi sanitariya-gigiyena holati ko‘zdan kechirilib, tozalik va obodonlashtirish ishlariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiya va tushuntirishlar berildi.