⚡️Qrim-Kongo gemorragik isitma kasalligidan saqlaning
Qonliko‘l tumani Sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi markazida Favqulodda vaziyatlar bo‘limi bilan hamkorlikda Qrim-Kongo gemorragik isitma kasalligidan saqlanish va oldini olish bo‘yicha amaliy ko‘rgazmali seminar bo‘lib o‘tdi. Ishtirokchilar shundan so‘ng "Navro‘zli Istam" chorvachilik fermer xo‘jaligida kasallikning profilaktikasi bo‘yicha amaliy ishlar olib bordi.