Yangiliklar

2025-07-07

šŸ”¬Qoraqalpogā€˜istonda leyshmanioz boā€˜yicha qoā€˜shma tadqiqot

topics-img

Koreya Respublikasi bilan hamkorlik doirasida Yonsei universiteti, Kvandong universiteti va Esvatini tibbiyot xristian universiteti professorlari respublikamizga tashrif buyurdi. Ular mutaxassislarimiz bilan birgalikda qadimdan "Ipak yo‘li kasalligi" nomi bilan mashhur bo‘lgan endemik kasallik - leyshmanioz bo‘yicha tadqiqot olib bordi.

Har yili deratizatsiya qilinadigan hududlarda dala tekshiruvi o‘tkazildi: vektor-tashuvchilarni olish uchun tuzoqlar o‘rnatildi. Tashuvchilarni o‘rganish tabiiy o‘choqlarni aniqlash va kasallikning tarqalish yo‘llarini bilish uchun muhim. Namunalar parazitologik tekshirishga yo‘naltirilgan.

Natijalardan joriy vaziyatni baholash va ekologik sharoitlarni hisobga olgan holda mumkin bo‘lgan o‘zgarishlarni prognoz qilishda foydalaniladi.

Barcha ishtirokchilarga ilmiy hamkorlik va mintaqada sog‘liqni saqlashni mustahkamlashga qo‘shgan hissasi uchun minnatdorlik bildiramiz.

Kanalga obuna bo‘lish: @qqses