O‘zbekiston Respublikasi OITSga qarshi kurashish markazi direktori va ishchi guruh a’zolari tomonidan tashrif davomida elektron axborot kuzatuv tizimini yanada takomillashtirish va unga yangi funksiyalar joriy etish bo‘yicha 10-sentyabr kuni amaliy seminar o‘tkazildi.
š£ Mazkur seminar sohani raqamlashtirish jarayonidagi navbatdagi muhim qadamlardan biri bo‘lib, tizim samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Bu orqali ma’lumotlar almashinuvi, tahlil qilish va qaror qabul qilish jarayonlari yanada tez va sifatli amalga oshiriladi.
š Raqamli texnologiyalarni joriy etish ishlari bosqichma-bosqich davom ettiriladi. Yangi funksiyalar tizimdan foydalanuvchilarga qulaylik yaratish, shaffoflikni oshirish hamda epidemik jarayonlarni samarali boshqarishga xizmat qiladi.
ā Tashrif davomida tizim foydalanuvchilarining taklif va ehtiyojlari ham inobatga olinib, ular asosida kelgusi ishlar belgilab olindi.