Yangiliklar

2025-10-17

Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Jamoat xavfsizligi xizmati Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi Karantin choralarini ta’minlash guruhi hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat

topics-img

Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Jamoat xavfsizligi xizmati Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi Karantin choralarini ta’minlash guruhi hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi Nukus shahar bo‘limi mutaxassislari bilan hamkorlikda “Nukus dehqon bozori” hududida profilaktik tadbirlar o‘tkazildi.

Tadbir davomida oziq-ovqat mahsulotlari sifati, saqlanish sharoitlari va sanitariya talablariga rioya qilinishi o‘rganildi. Savdogar va xaridorlarga guruhli ovqatdan zaharlanishning oldini olish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.

Ushbu chora-tadbirlar aholining salomatligini saqlash, xavfsiz oziq-ovqat iste’molini ta’minlash hamda jamoat joylarida sanitariya madaniyatini oshirishda muhim ahamiyatga ega.

Kanalga obuna bo'lish: @qqses