Qorao‘zakda maqsadli deratizatsiya ishlari o‘tkazildi.
Qorao‘zak tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi mutaxassislari tomonidan hududdagi "Qorao‘zak" va "Qaramoyin" QFY hududlaridagi qumliklarda leyshmanioz kasalligining oldini olish maqsadida deratizatsiya ishlari olib borildi.
Xo‘sh, deratizasiyaning ahamiyati nima?
- Kasallik manbaini kamaytiradi;
- Qum pashshalari uchun ozuqa manbaini yo‘qotadi;
- Hududda infeksiya tarqalish xavfini kamaytiradi;
- Xalq salomatligini himoya qiladi.