Yangiliklar

2025-11-04

Qorao‘zak tumanida profilaktik tushuntirish ishlari o‘tkazildi

topics-img

Qorao‘zak tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi xodimlari hamda tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi mutaxassislari hamkorligida aholiga is gazidan zaharlanish, ovqatdan zaharlanish va quturish kasalligini oldini olish bo‘yicha keng qamrovli tushuntirish ishlari olib borildi.

Tadbir davomida mutaxassislar fuqarolarga xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya etish, isitish moslamalaridan to‘g‘ri foydalanish, saqlanish choralarini ko‘rish va shubhali holatlarda darhol tibbiyot muassasalariga murojaat qilish zarurligini eslatib o‘tdilar.

Mazkur ishlar aholining sog‘lig‘ini saqlash va profilaktika madaniyatini oshirishga xizmat qiladi.

Kanalga obuna bo‘lish: @qqses