Yangiliklar

2026-04-21

Qonliko‘l tumanidagi 13-sonli bolalar bog‘chasi tekshirildi

topics-img

Qonliko‘l tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi mutaxassislari tomonidan tumandagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida rejali nazorat ishlari olib borilmoqda. Navbatdagi shunday tadbirlardan biri 13-sonli bolalar bog‘chasida olib borildi.

 

Nazorat davomida maktabgacha ta’lim tashkilotining sanitariya qoidalari va me’yorlariga amal qilgan holda faoliyat yuritishi laboratoriya-instrumental usulda o‘rganildi va bolalar parazitar kasalliklarga tekshirildi.

 

Shuningdek, tashkilot ishchilari va tarbiyalanuvchilariga bezgak, gelmintoz kasalliklari va boshqa yuqumli kasalliklarning oldini olish, shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish bo‘yicha sanitariya maorifi ishlari olib borildi.