Yangiliklar

2026-02-27

Qonliko‘l tumanidagi 11-sonli bolalar bog‘chasida rejali nazorat o‘tkazildi.

topics-img

Qonliko‘l tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi mutaxassislari tomonidan hududdagi 11-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida rejali nazorat ishlari olib borildi.

Tekshiruv davomida maktabgacha ta’lim tashkilotining sanitariya qoidalari va me’yorlariga rioya qilgan holda faoliyat yuritishi laboratoriya-instrumental usulda o‘rganildi va bolalar parazitar kasalliklarga tekshirildi.

Tashkilot ishchilari va tarbiyalanuvchilariga gripp, o‘tkir respirator kasalliklar va boshqa yuqumli kasalliklarning oldini olish, shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish bo‘yicha sanitariya maorifi ishlari olib borildi.