Qonliko‘l tumanida joylashgan umumta’lim maktablarida o‘quvchilar o‘rtasida gelmintoz (ichak parazitlari) kasalligini erta aniqlash va uning oldini olish maqsadida reja asosida tibbiy tekshiruvlar tashkil etilmoqda.
🩺 Tekshiruvlar davomida:
• bolalarning sog‘lig‘i nazoratga olinmoqda,
• gelmintoz kasalligining erta belgilari aniqlanmoqda,
• aniqlangan holatlar bo‘yicha o‘z vaqtida profilaktik va davolovchi choralar ko‘rilmoqda.
Mazkur tadbirlar bolalar salomatligini muhofaza qilish, yuqumli-parazitar kasalliklarning oldini olish hamda sog‘lom ta’lim muhitini ta’minlashga xizmat qiladi.
👉Ota-onalarga tavsiya etiladi: bolalarda shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya etilishini ta’minlash va tibbiy ko‘riklarda faol ishtirok etish.
Qaraqalpaqstan Respublikası Sanitariya epidemiologiyalıq tınıshlıq hám jámiyet salamatlıǵı basqarması Málimleme xızmeti