Yangiliklar

2025-11-03

Qonliko‘l mahallalarida uchrashuvlar bo‘lib o‘tmoqda

topics-img

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi Qonliko‘l tumani bo‘limi mutaxassislari tomonidan "Mahallabay" ishlash tizimi asosida ishlar olib borilmoqda va uni yanada rivojlantirish yo‘nalishi bo‘yicha Qonliko‘l tumani "Sari Oltin" QFY hududida yashovchi fuqarolar o‘rtasida uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Tadbir ishtirokchilariga yuqumli va yuqumli bo‘lmagan kasalliklar, asosan mavsumiy kasalliklar Gripp, o‘tkir respirator infeksiyalar haqida keng tushuntirish ishlari olib borildi va tarqatma materiallar tarqatildi.  Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga tegishli javoblar oldi va taklif, fikr-mulohazalari tinglandi.

Kanalga obuna bo‘lish: @qqses