Qo‘ng‘irot tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi mutaxassislari tomonidan hududdagi maktab va maktabgacha ta’lim bo‘limlarida gelmintoz kasalligining oldini olish maqsadida laboratoriya usulida o‘rganishlar olib borildi.
O‘rganish davomida kundalik tozalash, zararsizlantirish ishlari amaldagi sanitariya qoidalari va normalari talablariga muvofiq olib borilishi, xodimlarning shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya etishi tekshirildi.