Yangiliklar

2026-04-27

Qo‘l antiseptiklari haqiqatan ham mikroblardan himoya qiladimi?

topics-img

Bugungi kunda ko‘pchilik qo‘l antiseptiklaridan foydalanadi. Ammo ular har doim ham sovun o‘rnini bosa oladimi?

⚡️ Eng muhim talab – antiseptik tarkibida kamida 60–70% spirt bo‘lishi kerak. Aks holda u mikroblarni to‘liq yo‘q qila olmaydi.

⚡️ Agar qo‘llar ko‘zga ko‘rinadigan darajada iflos bo‘lsa (yog‘, tuproq, chang), antiseptik emas, balki sovun va suv bilan yuvish samaraliroq.

⚡️ Antiseptikni kaftga yetarli miqdorda surtib, kamida 20 soniya davomida qo‘lning barcha qismlariga (barmoq oralari, tirnoq atrofi) ishqalash kerak.

⚠️E’tibor bering: Arzon va sifatsiz antiseptiklar kutilgan himoyani bermasligi mumkin. Mahsulot yorlig‘idagi tarkib va ishlab chiqaruvchiga e’tibor qarating.

✔️ To‘g‘ri gigiyena — yuqumli kasalliklarning oldini olishdagi eng oddiy va samarali choradir.