Qizamiq va qizilcha havo-tomchi yo‘li orqali yuqadigan yuqumli kasalliklar bo‘lib, tashqi belgilariga ko‘ra o‘xshash bo‘lsa-da, sog‘liq uchun xavflilik darajasi bilan farqlanadi.
Qizamiq ko‘pincha og‘ir kechadi. Yuqori isitma, yo‘tal, burun oqishi, ko‘z qizarishi va tanaga bosqichma-bosqich tarqaluvchi yirik toshmalar bilan namoyon bo‘ladi. Ushbu kasallik zotiljam, o‘rta quloq yallig‘lanishi va asab tizimi zararlanishi kabi jiddiy asoratlarni keltirib chiqarishi mumkin. Ayniqsa bolalar uchun xavfi yuqori.
Qizilcha esa odatda yengil kechadi. Isitma uncha yuqori bo‘lmaydi, toshmalar mayda va qisqa muddatli bo‘ladi. Biroq qizilcha homilador ayollar uchun juda xavfli bo‘lib, homilada tug‘ma nuqsonlar va rivojlanish buzilishlariga sabab bo‘lishi mumkin.
👉Xulosa:
Qizamiq bolalar, qizilcha esa homilador ayollar salomatligi uchun jiddiy xavf tug‘diradi. Ushbu kasalliklarning oldini olishning eng samarali yo‘li — KPK vaksinasi bilan o‘z vaqtida emlanishdir.
Qaraqalpaqstan Respublikası Sanitariya epidemiologiyalıq tınıshlıq hám jámiyet salamatlıǵı basqarması
Málimleme xızmeti