📌Qish mavsumi - virusli kasalliklar eng yuqori darajaga yetadigan vaqt. Kundalik hayotdan bir haftaga uzilib qolmaslik uchun oddiy profilaktika qoidalarini unutmaslik kerak. Siz uchun bir infografikada asosiy tavsiyalarni to‘pladik:
✅ Vaksinatsiya - himoyalanishning eng ishonchli yo‘li
✅ Gigiyena - transport va jamoat joylaridan keyin qo‘llaringizni sovun bilan yuving yoki antiseptiklardan foydalaning.
✅ Qo‘l tozaligi - qo‘lingiz iflos bo‘lsa yuzingizga tegmaslikka harakat qiling.
✅ Sog‘lom turmush tarzi - sog‘lom ovqatlanish va uyqu tabiiy qalqoningizni mustahkamlaydi.
✅ Agar siz kasal bo‘lib qolsangiz, kasallikni "oyoqda" o‘tkazishga harakat qilmang. Asoratlarning oldini olish uchun organizmning qayta tiklanishiga imkon bering.
Qaraqalpaqstan Respublikası Sanitariya epidemiologiyalıq tınıshlıq hám jámiyet salamatlıǵı basqarması
Málimleme xızmeti