Yangiliklar

2025-12-17

Qish mavsumida ehtiyot bo‘ling!

topics-img

Nosoz gaz plita, g‘ishtdan qurilgan pechlar (qo‘lbola pech), uy ichida joylashgan qozonxona, havo aylanishi kam bo‘lgan qozonxona - bular xavf tug‘diruvchi omillar hisoblanadi, ya’ni is gazidan o‘tkir zaharlanishga olib keluvchi sabablar.

CO hidsiz, rangsiz, zaharli gaz bo‘lib, nafas yo‘llari orqali to‘qimalarni is gazi bilan boyitib kislorod yetishmovchiligiga olib kelishi, oqibatda o‘limga olib kelishi mumkin.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasida bular haqida suhbat bo‘lib o‘tdi, unda Favqulodda vaziyatlar boshqarmasidan mutaxassis ishtirok etib, profilaktik tadbirlar haqida so‘zlab berdi.

Qozonxonangiz mo‘risini ko‘rikdan o‘tkazing, tiqilgan holatlarda bartaraf etish choralarini ko‘ring!

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi
Mәlimleme xizmeti