Yangiliklar

2026-07-31

Qanliko‘ldagi “Sunqar” bolalar oromgohida bolalar salomatligini muhofaza qilish choralari ko‘rilmoqda

topics-img

Qanliko‘l tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi tomonidan yozgi sog‘lomlashtirish mavsumida bolalarning xavfsiz va mazmunli dam olishini ta’minlash maqsadida profilaktik tadbirlar muntazam ravishda amalga oshirilmoqda.

Shu maqsadda Qanliko‘l tumanidagi “Sunqar” bolalar oromgohida sanitariya-epidemiologik holat o‘rganilib, amaldagi sanitariya qoidalari va gigiyena me’yorlariga rioya etilishi nazorat qilindi. Mutaxassislar tomonidan oromgoh hududining sanitariya holati, oshxona faoliyati, oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash sharoitlari, ichimlik suvi ta’minoti hamda xodimlarning sanitariya talablariga rioya etishi yuzasidan monitoring ishlari olib borildi.

Mazkur profilaktik tadbirlarning asosiy maqsadi yozgi dam olish mavsumida yuqumli kasalliklarning kelib chiqishi va tarqalishining oldini olish, bolalar salomatligini ishonchli himoya qilish, epidemiologik barqarorlikni ta’minlash hamda favqulodda vaziyatlarda tezkor hamkorlikni yanada kuchaytirishdan iborat.