Yangiliklar

2025-11-17

Profilaktik tadbir

topics-img

Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazining psixiatriya xizmati bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi filialida 1-noyabrdan 1-dekabrga qadar "Sog‘lom turmush sari birgalikda" shiori ostida OITS-Infeksiyasiga qarshi kurashish, shuningdek, respublikamizda gripp va o‘tkir respirator infeksiyaning aholi orasida epidemik tarzda tarqalib ketishining oldini olish maqsadida shifoxonada tegishli mutaxassislar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda shifoxona direktori o‘rinbosari Zuxra Madreymova, OITSga qarshi kurashish markazi shifokori Bahodir Shadenbayev, Nukus shahar sanitariya epidemiologiya osoyishtalik va salomatlik bo‘limi shifokori Kurbangul Esimbetova hamda shifoxona shifokor va hamshiralari ishtirok etdi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar kun tartibidagi masalalarga to‘xtalib, kasallikka qarshi choralar haqida so‘z yuritildi. Tadbir ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga tegishli mutaxassislardan javoblar oldi.

https://qrdsm.uz/uz/3401.html

QR Densawlıqtı  saqlaw  minisrligi
Málimleme xızmeti